Raqobatbardoshlik – sifat mezoni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorlikda “Mahsulotlarning yuqori sifati – mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omili” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorlikda “Mahsulotlarning yuqori sifati – mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omili” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi B.Niyozmatov, “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.Qurbonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, bu yo‘ldagi to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2013-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur qonun ijrosi yuzasidan tegishli qonunosti hujjatlari ishlab chiqildi, 2020-yilgacha bo‘lgan davrda Sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Korxona va tashkilotlarda mahsulotlar sifati boshqarilishining amalda bajarilishida, butun dunyoda tan olingan xalqaro standartlarning, birinchi navbatda, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) standartlarining rolini qayd etish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xalqaro standartlar, xususan, ISO 9000 seriyali standartlar talablariga asosan sertifikatlashtirilgan sifat menejment tizimining joriy etilishi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish va sotish imkoniyatlarini oshiradi.
2015-yilning 1-dekabr holatiga 2068 ishlab chiqarish korxonasida xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli olib borish maqsadida qo‘shimcha ravishda eksport salohiyatiga ega 3776 korxona tanlab olinib, ularda xalqaro standartlarga muvofiq menejment tizimlarini joriy etish rejalashtirildi.
Tadbirda mahalliy tadbirkorlar tomonidan korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish orqali erishilgan natijalar bo‘yicha fikrlar bildirildi. Mahalliy mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirishda mavjud qonunlar va me’yoriy hujjatlar, Sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi parametrlari so‘zsiz bajarilishi lozimligi ta’kidlandi.