Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.

Elektron hukumat, telekommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan uchrashuvda istiqbolli loyihalar amalga oshirish, raqamli texnologiya xizmati sifatini oshirish va ayni yo‘nalishda mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. 2022 yil O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yurtimizda IT-ta’lim sohasini hamkorlikda rivojlantirish, AKT yo‘nalishida kadrlar malakasini oshirishga kelishib olindi. Koreya kompaniyalarini mamlakatimizga olib kelish va IT Park rezidentiga aylantirish borasida fikr, mulohaza bildirildi. O‘zbekiston IT xab sifatida ushbu davlat mutaxassislarida ham qiziqish uyg‘otayotgani, yurtimizda xorijlik investorlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgani e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni payt olib borilgan ishlar samarasi o‘laroq, “Korea Claud” korxonasi IT Park rezidenti hisoblanadi.

2023 yil davomida mamlakatimizning 5 hududida yaratilgan IT-markazlar negizida Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik bo‘yicha imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan maxsus kurslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik imkoniyati kengayadi