Poytaxtimizdagi "Paxtakor" va "Yoshlik" qilichbozlik zallarida U17 yosh toifasidagi yigit va qizlar o‘rtasida qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Yakkalik bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 104 nafar o‘g‘il va qiz o‘zaro raqobatlashdi. Unda Malika Toshpo‘latova so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Asal Karimovani taslim qildi va O‘zbekiston chempioniga aylandi. Shodiyaxon Miradhamova rapirachi qizlar o‘rtasida bronza medali bilan taqdirlandi.  

O‘g‘il bolalar orasida o‘tgan rapira qurolidagi raqobatda Muhammaddiyor Madaminov barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chempionatning kumush medali Sheramon Komiljonovga nasib etgan bo‘lsa, Radmir Vorojeykin va Amirbek Atabekov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.  

Bugun, 4 fevral kuni U17 yosh toifasidagi yigit va qizlar o‘rtasida qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tadi. 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rapira bahslarida yangi nomlar kashf etildi