Ramazon oyida xayriya ishlari amalga oshirilmoqda
«Majid Al Futtaim» supermarketlar tarmog‘i egalik qiladigan va boshqaradigan «Carrefour» o‘zining 2021 yilgi "Birgalikda Baham Ko‘rami" shiori ostida xayriya aksiyasini amalga oshirdi.
Mazkur kampaniya doirasida «Carrefour Uzbekistan» «Ezgu Amal» xayriya fondi bilan hamkorlikda ushbu muqaddas oyda muhtoj oilalarga xayriya yordamini ko‘rsatmoqda.
Xayriya aksiyasiga Toshkent shahridagi kam ta’minlangan oilalar va imkoniyati cheklangan insonlar qamrab olingan bo‘lib, ularga eng zarur mahsulotlardan iborat 100 ta Ramazon qutisi tuxfa etildi.
– Ramazon oyi – muhtojlarga yordam berish, saxovat ko‘rsatish oyidir. Bu hamkorlik ham o‘z navbatida kompaniyaning imkon qadar ko‘proq odamlarga nafaqat muqaddas oy davomida, balki butun yil davomida yordam berish vazifasini yuklaydi deydi supermarket matbuot kotibi Dilfuza Ro‘zmetova.
Nozimbek Mardonov, O‘zA