Ramazon oyi oldidan savobli amallar bajarilmoqda
Yurtimizga va butun musulmon dunyosiga mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda. Bu oyda keksa va nuroniylarimizga yordam ko‘rsatish ham qarz, ham farzdir.
Muruvvatpeshalik – xalqimizga xos xislat. Bu olijanob fazilat Ramazon kunlari yanada teranroq namoyon bo‘ladi. O‘zbekona qadriyatlarimiz, muqaddas dinimizda ham eng avvalo, ko‘makka muhtoj bo‘lgan yaqin qarindoshlarimiz, qo‘ni-qo‘shnimiz va mahalladoshlarimizga nisbatan saxovatli bo‘lish kerakligi aytiladi va bu eng olijanob fazilat, savobli amallardan sanaladi.

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputati Tolib Sayfullayev tumanda umrguzaronlik qilayotgan 100 yoshni qarshi olgan nuroniylar holidan xabar olib, Ramazon oyi bilan tabriklab, ularga moddiy yordam ko‘rsatdi.
G.Nusratova,
O‘zJOKU talabasi