Rahimova Gulrux Sidiqovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Aznek koni fosforitlarini qayta ishlash asosida suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida
Rahimova Gulrux Sidiqovnaning 02.00.13 – «Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi» ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Aznek koni fosforitlarini qayta ishlash asosida suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 4-dekabr soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 210100, Navoiy shahri, G‘alaba Shoh ko‘chasi, 76 v-uy.
Tel.: (79) 223-23-32; Faks: (79) 223-49-66.
e-mail: info@nsumt.uz.