Umr dovonlar osha ilgarilanma harakatdir. Inson o‘z aql-idroki, bilim-qobiliyati, ishonch va e’tiqodi bilan hayoti mobaynida bu dovonlarni ishg‘ol etib keladi.

Inson tabiati va tiynatidagi halollik va rostgo‘ylik, adolatparvarlik va samimiyat, o‘zaro ishonch va hurmat, yor-do‘stlari va kasbiga sadoqat tuyg‘usi ana shu dovonlar osha muvaffaqiyatlarning kafolatidir.  

 Pedagogika fanlari doktori, professor Ruzimurat Choriyev yuqoridagi fazilatlarni o‘z faoliyatida aks ettira olgan yurt ishiga fidoyi, ta’lim-tarbiya taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol insonlardandir. Hozirda pedagog “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.  

 Rahbarga xos fazilatlardan biri jamoada faoliyat yurituvchi har bir xodimning qobiliyatiga yarasha vazifani yuklash va undan shuni talab etishdir. Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida rektor lavozimida ishlagan paytlarida ta’lim tizimini faollashtirishda o‘ziga xos ijobiy va ijodiy ishlarga bosh-qosh bo‘ldi. O‘qituvchilarning o‘z kasbiga mas’uliyat hissini oshirishda munosib hissa qo‘shgani ham rost.  

 Ruzimurat Choriyev har oyda 144 soatlik dastur asosida o‘z malakasini oshirishga kelgan turli fan o‘qituvchilaridan 600 tasiga ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, ularning kasbiga mehri va munosabatini kuchaytirish bobida ibratli ishlarning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lgandi. Respublikamizda taniqli bo‘lgan siyosatshunos, shoir, yozuvchi va mashhur san’atkorlar bilan ma’rifiy uchrashuvlarni tashkil etar edi. Abdulla Oripov, Omon Matjon singari ulug‘larimiz bilan tashkil etilgan uchrashuvlar endilikda tarixga aylandi.  

 R.Choriyevning sinchkov rahbar sifatida har bir xodimdagi ilmiy imkoniyat, ijodiy va pedagogik qobiliyatni seza olish iqtidori, turtkisi, motivatsiyasi bois bir necha olimlar va o‘qituvchilar ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lishgani ham rost.  

Ruzimurat Choriyev Muzrabot tumani qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish texnikumini bitirgandan so‘ng Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida tahsil oldi. Ustozlari e’tiboriga tushgach, shu ta’lim muassasasining yoshlar tashkiloti kotibi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, so‘ngra esa tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib bordi. Xo‘jalik xizmatlari markazlashgan boshqaruvi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi boshqarmasi boshlig‘i kabi ishlagan kezlarida ham insonlarga yaxshilik qilishni birinchi o‘ringa qo‘ydi.  

 U Xalq ta’limi a’lochisi, Respublika Oliy ta’lim muassasalari 1-prorektorlari kengashi raisi, Xalqaro Pedagoglar akademiyasi a’zosi, hozirda Milliy tadqiqot universitetimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlar ekan, ana shu hayotiy shiorida sodiq va sobitdir.  

 Uning tashkilotchiligi va tashabbuskorligini Xalq demokratik partiyasining Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi deputati sifatidagi faoliyatida ham ko‘rish mumkin. Unga tegishli bo‘lgan mahallalar bilan Milliy tadqiqot universiteti jamoasining hamkorligini yo‘lga qo‘ygan.  

 Ilmga, ta’limga e’tibor insonga, jamiyatga, Vatan taraqqiyotiga e’tibor demakdir. Ilf – fan taraqqiy etgan mamlakatlarda har tomonlama rivojlanish bo‘lganiga tarix shohid. Yoshlar ongi va dunyoqarashini o‘stirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning targ‘iboti yuzasidan turli mexanizm va uslublar ustida ishlashdan tashqari u keng qamrovli olim sifatida dual ta’limning asoslari hamda kasbiy faoliyatga tayyorlash omillari borasida ham keng izlanishlar olib bordi.  

 Uning “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Injener-pedagoglarning kasbiy-metodik malakalarini shakllantirish” mavzusidagi nomzodlik, keyinchalik esa texnika oliy ta’lim muassasalarida “Kasb ta’limi” yo‘nalishi misolida  “Kasb ta’limi mutaxassislarini dual tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgani yuqoridagi

fikrlarning asosidir. Bu esa ayni paytda Prezidentimiz g‘oyalariga sodiqlik, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” talablariga kamarbastalikning nishonasidir.  

 U tomondan yaratilgan 5 ta darslik va monografiya, 10 ga yaqin o‘quv va uslubiy qo‘llanma, 5 ta monografiya, 10 ga yaqin uslubiy ishlanma va risolalar, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shundan 20 dan ortiq xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan ishlari, shu bilan birga 3 ta dasturiy ta’minot bo‘yicha Patent va mualliflik guvohnomasi mavjud bo‘lib, hozirda respublika oliy va orta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanib kelinmoqda.  

Rahimboy JUMANIYOZOV,  

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori  

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbarlik – ham fazilat, ham san’at