Rahbarlarning shaxsiy javobgarligi kuchaytirilmoqda
Farg‘ona viloyat «Tadbirkorlar uyi»da viloyat hokimligining tegishli kotibiyat vakillari ishtirokida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish masalalariga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Seminarda ushbu yo‘nalishda 2021 yil 10 fevralda qabul qilingan Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, “Ijro.gov.uz” elektron tizimi samaradorligi haqida ma’lumot berildi.
Mutaxassislar tomonidan mazkur elektron tizimni ishga tushirishda zarur bo‘ladigan dasturlarni o‘rnatish va sozlash, tizimga kirish, kelib tushgan hujjatlarni ro‘yxatga olish, usti xatlar tayyorlash, rahbarga imzoga yuborish, yuborilgan hujjatlarni nazoratga olish, yuborilgan javob xatlarini tekshirish va nazoratdan chiqarish, yangi hujjatlar yaratish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, hujjat joylash, kerakli ma’lumotlarni yuklab olish, qidirish kabi funksiyalar ko‘rgazmali jarayonlar bilan viloyat tashkilot va idoralar mas’ul bo‘lim boshliqlariga tushuntirildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
O‘zA