Rafinya: «Neymar Braziliyaga oltinchi chempionlikni yutishda yordam bera oladigan inson»
«Barselona» vingeri Rafinya Dias agar Karlo Anchelotti Neymarni bo‘lajak jahon chempionati qaydnomasiga kiritsa, bundan xursand bo‘lishini bildirdi.
«Barselona» vingeri Rafinya Dias agar Karlo Anchelotti Neymarni bo‘lajak jahon chempionati qaydnomasiga kiritsa, bundan xursand bo‘lishini bildirdi. «Santos»ning 34 yoshli futbolchisi 2023-yildan beri milliy terma jamoada o‘ynamayotgan bo‘lsa-da, JCh-2026 ga borishdan umidvor ekanligini bir necha bor ta’kidlagan edi.
«Men uchun Neymar — Braziliyaga oltinchi bor jahon chempioni bo‘lishiga yordam bera oladigan inson. Uning braziliyaliklar futboli uchun qanchalik muhim shaxs ekanligini tushunish kerak. O‘z vaqtida u meni terma jamoada xuddi butun umr tanish bo‘lgandek kutib olgan edi. Uning yordami bilan men o‘zimga bo‘lgan ishonchni topdim va o‘z futbolimni o‘ynab ketdim», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltirmoqda «Brasil Football».
Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar 2002-yildan beri jahon chempionatida g‘olib chiqishmagan, biroq hamon qo‘lga kiritilgan kuboklar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lib qolmoqdalar.