Rafalovichda kumush, Xegayda esa bronza
Ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondoning WTF yoʻnalishi boʻyicha “Presidentʼs Cup European region” reyting turniri boʻlib oʻtmoqda.
Ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondoning WTF yoʻnalishi boʻyicha “Presidentʼs Cup European region” reyting turniri boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, musobaqada 74 kilogacha boʻlgan vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz aʼzosi Nikita Rafalovich barcha raqiblarini magʻlub etgan holda finalgacha yetib bordi. Biroq, u hal qiluvchi bahsda magʻlubiyatga uchradi hamda kumush medal sohibiga aylandi.
Shuningdek, 54 kilogacha vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarda yana bir hamyurtimiz Valentin Xegay bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Taekvondo boʻyicha “Presidentʼs Cup European region” reyting turniri davom etmoqda.