Quyoshda qolgan plastik idishdagi suv sarotonga olib keladimi? (+video)
Quyosh ostida qoldirilgan plastik suv idishi qanchalik xavfli? Plastik qizib ketganda suv tarkibiga zararli moddalar o‘tishi mumkinmi? So‘nggi tadqiqotlar bu savollarga e’tibor qaratishga sabab bo‘lmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda quyoshda qolgan yelim idishlari saratonga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Xo‘sh, bu ma’lumotlar qanchalik asosli? Ushbu savollar bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri — Olim Imomovga murojaat qildik.
2026-yilda iroqning Kurdiston mintaqasidagi Sulaymoniya shahrida hamda Nigeriyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda quyosh nuri ta’sirida qolgan PET plastik suv idishlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida suv tarkibida qo‘rg‘oshin, xrom va kobalt kabi og‘ir metallar miqdori tekshirildi. Natijalarga ko‘ra, plastik idish quyosh ta’sirida qancha uzoq qolsa, ayrim og‘ir metallarning suvga o‘tishi shuncha ortishi kuzatilgan.

Biroq muhim jihat bor: tadqiqot mualliflari quyoshda qolgan plastik idishdagi suv saratonga olib keladi, degan xulosaga kelmagan. Hisob-kitoblarda aniqlangan kanserogen xavf xalqaro qabul qilingan me’yorlar doirasida bo‘lgan.
Boshqa bir — 2025-yilgi Purdue universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda esa quyoshning ultrabinafsha nurlari PET plastikning yemirilishini tezlashtirishi aniqlangan. Tadqiqotchilar quyosh ta’siri uzaygan sari suvga mikroplastik zarrachalar ajralishi ortishi mumkinligini qayd etgan.

Yana bir tadqiqotda plastik idishlar ultrabinafsha nurlari ta’sirida turli uchuvchan organik birikmalar ajratishi mumkinligi aniqlangan.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/A22HNtt_9kk" title="Quyoshda qolgan plastik idishdagi suv saratonga olib keladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA