Qurilish pudrati shartnomasida yashirin nuqsonlar va kafolat majburiyatlarining fuqarolik-huquqiy masalalari
Abduqodir Haydarovich DONAYEV mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ish natijasida aniqlanadigan yashirin nuqsonlarning fuqarolik-huquqiy tabiati hamda pudratchining kafolat majburiyatlari tahlil qilingan. Qurilish obyektining qabul qilinishi pudratchining barcha majburiyatlari mutlaq tugaganligini anglatmasligi, ayniqsa, qabul qilish vaqtida aniqlanishi mumkin bo‘lmagan nuqsonlar keyinchalik namoyon bo‘lgan hollarda pudratchining javobgarligi masalasi saqlanib qolishi asoslantirilgan. Amaldagi O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligi, sud tushuntirishlari va qiyosiy-huquqiy manbalar asosida kafolat muddati, yashirin nuqsonlarni hujjatlashtirish, nuqson sababini aniqlash va isbotlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Buyurtmachining huquqlarini himoya qilish, kafolat majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash hamda qurilish obyektidagi nuqsonlarni qayd etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: qurilish pudrati, yashirin nuqson, kafolat majburiyati, kafolat muddati, ish sifati, buyurtmachi, pudratchi, qabul qilish dalolatnomasi, nuqsonlarni bartaraf etish, fuqarolik-huquqiy javobgarlik.