Qumqo‘rg‘onda klasterlar faoliyati o‘rganildi
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bahrom Sharipov Surxondaryo viloyatidagi fermer, agronom va klasterlar rahbarlari bilan uchrashdi.
Ma’lumki, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tizimida mato-tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun Qumqo‘rg‘on tumanida экспериме́нт sifatida paxta klasteri yo‘lga qo‘yilmoqda. Shunga ko‘ra, uyushma tomonidan katta-katta loyihalar, jumladan, mato, kiyim-kechak ishlab chiqarish va paxtani chivish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Qo‘mita raisi Bahrom Sharipov Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov bilan birgalikda paxta klasterlari faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda fermerlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar o‘rganildi. Ularning takliflari tinglandi. Dalada paxta holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar joyida hal qilindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA