Qudratov Anvar Ergashevichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Nomukammal elastik sistemalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan ko‘ndalang tebranishlari ustuvorligini tekshirish” mavzusida
Qudratov Anvar Ergashevichning 01.02.01 - “Nazariy mexanika” ixtisosligi bo‘yicha “Nomukammal elastik sistemalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan ko‘ndalang tebranishlari ustuvorligini tekshirish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM/T.16.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan Ilmiy kengashning 2026-yil 11-noyabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200100, Buxoro, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy.
Tel.: (+99865) 223-78-84, faks: (+99865) 223-78-84
e-mail: info@bmti.uz