23 iyuldan boshlab Qozog‘istonda boshqa mamlakatlardan sement olib kirishga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi, deb xabar bermoqda «Kazinform» agentligi.

Shunday qilib, endi mamlakatga sementning barcha turini import qilish mumkin. Importga qo‘yilgan cheklovning olib tashlanishi bozorni mazkur qurilish materiali bilan to‘ldirish va respublika hududida sement mahsulotlarini arzonlashtirish imkonini beradi, deyiladi xabarda.  

Qozog‘iston Respublikasi sanoat va infratuzulmaviy rivojlantirish vazirligi tomonidan mahalliy sement ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2021 yil 30 apreldan boshlab sement importiga taqiq qo‘yilgan edi. Biroq sement narxining qimmatlashib ketishi va ichki bozorda ushbu mahsulotga talab oshishi jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgandi. 

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda sement importiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi