Qozog‘iston yashirin iqtisodiyotga SI yordamida barham bermoqchi
Qozog‘iston hukumati mamlakat biznesi yashirin daromadini aniqlash uchun sun’iy intellekt (SI) asosida ishlaydigan raqamli monitoring platformasini ishga tushirmoqda. Maqsad – 2028-yilgacha yashirin iqtisodiyot miqdorini yalpi ichki mahsulotning 13,8 foizigacha kamaytirish.
Bosh vazir Oljas Bektenov ayni yo‘nalishda tegishli rejani bajarish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Endi maxsus raqamli tizim savdo, qurilish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi davlat idoralari ma’lumot zaxirasiga ulanadi va yashirin faoliyat byudjetga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan oldin mavjud xavfni aniqlaydi.
– Keng qamrovli reja iqtisodiy shaffoflikni oshirish, yashirin iqtisodiyot xavfi eng yuqori sohalarni raqamlashtirishga qaratilgan 53 banddan iborat chora-tadbirni birlashtiradi, – deyilgan hukumat bayonotida.
S.Rahimov, O‘zA