Qozog‘iston elchisi Samarqand davlat universitetida ma’ruza o‘qidi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerali Tug‘janov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Samarqand davlat universiteti kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan tadbirda Qozog‘iston elchisi olti asrlik tarixga ega universitet jamoasini qutlug‘ sana bilan tabrikladi hamda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrant hamda iqtidorli talabalarga O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlari, o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida ma’ruza qildi.

Elchi Yerali Tug‘janov va Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovning muloqotida O‘zbekistondagi eng yoshi katta universitet bilan Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, madaniyat va xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.


Qozog‘iston elchisi universitetga tashrifi davomida Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati institutida ham bo‘lib, qozoq tili va madaniyati markazi faoliyati bilan tanishdi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri