Qozog‘iston Boku-Supsa quvurini neft eksport yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqmoqda
Qozog‘iston muqobil neft yetkazib berish yo‘nalishlari, jumladan Boku-Supsa quvuridan foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda, dedi ushbu mamlakat energetika vaziri Yerlan Akkenjenov.
Mulozim ta’kidlashicha, Kaspiy quvur konsorsiumi Qozog‘iston nefti uchun asosiy eksport yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda, hozir boshqa munosib muqobil yo‘q.
“Kazinform” agentligi mazkur taklif mavjud infratuzilmani almashtirish emas, balki eksport salohiyatini kengaytirish va xalqaro bozorga neft yetkazib berishda moslashuvchanlikni oshirishga qaratilganiga e’tibor qaratgan.
S.Rahimov, O‘zA