Qo‘shxodimda yangi tibbiyot punkti
Buxoro tumani “Qo‘shxodim” mahalla fuqarolar yig‘inida tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi.
Keyingi yillarda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib bormoqda.
[gallery-15272]
Yangi binoda ish boshlagan “Qo‘shxodim” mahalla tibbiyot punkti 2 ming 200 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. 1990 yildan buyon ushbu muassasa moslashtirilgan binoda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga mazkur bino qayta ta’mirlandi. Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulaylik va sharoitlar, zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlandi.
–Juda ham manunmiz, –deydi qo‘shxodimlik Gulsara aya Nurova. –Yangi yilda biz uchun zo‘r sovg‘a bo‘ldi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari