Qo‘shni xatlonliklar Surxondaryoda
Bugun, qo‘shni Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati delegatsiyasi Surxondaryoga keldi.
Xatlon viloyati raisi Qurbon Hakimzoda boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ikki kun davomida hududlararo savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirish yuzasilan o‘zaro tajriba almashadi. Shu maqsadda mehmonlar viloyatdagi qator ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladi.
“Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hamda qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Surxondaryo viloyati hududlari bilan Xatlon viloyati hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolanadi.
Mehmonlarni Termiz tumanidagi "Gulbahor" chegara-bojxona postida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Usmon Turopov boshchiligidagi rasmiylar tantanali kutib oldi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA