Qorako‘llik yoshlar ishonchni oqladi
Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining barchasi talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va o‘qituvchilar mehnatining samarasi o‘laroq, joriy yilda maktabni tugatgan bitiruvchilarning barchasi talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
E’tiborli jihati bu yil ketma-ket beshinchi marotaba 100 foizlik natija qayd etilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yil ushbu maktabni tamomlagan 69 nafar bitiruvchilarning 39 nafari (57 foizi) davlat granti asosida, 30 nafari esa shartnoma asosida talabalikka qabul qilindi.
Zarif Komilov,
O‘zA