Qo‘qonda turizm va ta’lim sohasida Xitoy tajribasi qo‘llanadi
Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon davlat universitetida Xitoyning «Shaanxi International Economic and Trade Group Co., Ltd.» kompaniyasi loyiha rahbari Pan Ley boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda ta’lim va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokara chog‘ida Qo‘qon shahrida turizm sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qadim va navqiron Qo‘qon shahrining boy tarixiy-madaniy merosi hamda turistik salohiyati yuqori ekani qayd etilib, sayyohlar oqimini oshirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida turistik ko‘chalarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Va aniq loyihalar asosida amaliy hamkorlikni olib borish yuzasidan kelishib olindi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA