Qo‘qonda 64 ta madaniy meros ob’ektini piyoda aylanadigan 3 ta turizm marshruti ishlab chiqildi
Buning uchun shahardagi madaniy meros ob’ektlarida faoliyat yuritayotgan davlat idoralarini boshqa joyga ko‘chirish zarurligi qayd etildi.
Yil yakunigacha sobiq “Qo‘qon neftgaz parmalash” zavodi hududidagi 4 qavatli binoni ta’mirlab, hokimlik va 17 ta madaniy meros ob’ektida ishlayotgan idoralarni shu yerga ko‘chirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
So‘x tumani ekoturizm, agro va tibbiy turizm bo‘yicha juda katta salohiyatga ega. Asosiysi, so‘xlik tadbirkorlar infratuzilma yaxshilab berilsa, sarmoya kiritib, biznes qilishga tayyor.
Shu bois, So‘x daryosining Sarikanda, Istiqlol va Rovon mahallalaridan o‘tgan 5 kilometr qismida 130 gektar maydonda yirik turizm kompleksini barpo etish uchun sharoit yaratiladi. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, So‘x tumanini rivojlantirish bo‘yicha master reja ishlab chiqish topshirildi.
Umuman, tumanga yangicha qiyofa olib kirish bo‘yicha uch yillik katta dastur qabul qilinishi belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
O‘zA