“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar yaratilayotgan qulayliklardan unumli foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eng asosiysi dunyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lish maqsadida samarali faoliyat yuritmoqda.

Amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar ish o‘rinlari yaratish va mahsulot turini ko‘paytirishda muhim omil bo‘layotir.

Erkin iqtisodiy zonada yangi-yangi korxonalar ish boshlamoqda.  

“Andejay” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi ana shulardan biri. Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaga 1,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirildi. 200 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlandi.

Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov mazkur korxonaning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari va ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.  

"Glorius business" mas’uliyati cheklangan jamiyatida velosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkor Abduvohid Ahmedov tomonidan 15 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 100 ta yangi ish o‘rni yaratishga erishildi. Viloyat rahbari tashabbuskor tadbirkorning yangi loyihasi taqdimoti bilan tanishar ekan, uning el-yurt manfaati yo‘lida amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tiladi.

“Qo‘qontexinvest” xususiy korxonasida bugungi kunda 300 nafar ishchi mehnat qiladi. Ular tomonidan GM avtomobillariga ehtiyot qismlari, qurilish va texnik jihozlar ishlab chiqariladi. Korxonaning yillik quvvati 2,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

Viloyat rahbari korxonada bo‘lib, ishchi-xizmatchilar bilan suhbatlashdi. Korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha kerakli taklif va mulohazalarini bildirdi.  

M.Sulaymonov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qo‘qon” EIZda yangi korxonalar ish boshladi