Qodirova Mahzuna Shamshidin qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Korreksion mashg‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish metodikasi (6-7 yoshli nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar misolida)” mavzusida
Qodirova Mahzuna Shamshidin qizining 13.00.03–Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Korreksion mashg‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish metodikasi (6-7 yoshli nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 18-avgust kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104-uy. Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Tel.: (99871) 712-27-55; faks: (99871) 712-45-41
e-mail: tvchdpi@cspu.uz