Qizlarimizning muvaffaqiyati
Erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.Joriy yilning 9-14-iyun kunlari Hindistonda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi bo‘lgan mazkur turnirda 500 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bellashdi.
Musobaqaning vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida hamyurtimiz Nodira Sobirova barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sportchilarimizdan Asalxon Sobirova, Baxtigul Boltaniyozova va Feruza Ro‘ziboyeva o‘z vazn toifasida ikkinchi, Aqtenge Keunimjayeva va Gulshan Asatova uchinchi o‘rinni egalladi.