Qizlar chempionatida qizg‘in bahslar davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” sport bazasida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha mamlakat chempionatining mintaqaviy bahslari qizg‘in davom etmoqda.
Ayni paytda 8 jamoa ishtirokida birinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Unda “UFA Girls”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, «Toshkent viloyati», «Toshkent viloyati maktabi», «Sirdaryo-1», “Sirdaryo-2» hamda «Jizzax» jamoalari guruh g‘olibligi uchun bahs olib bormoqda.
Bellashuvlar murosasiz ruhda kechmoqda. Jumladan, “Bunyodkor” va «Jizzax» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 1:6 hisobi qayd etildi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, har bir guruhdan eng yaxshi natija qayd etgan ikki jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Qizlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati g‘olibi esa joriy yil sentabr oyida Buxoro shahrida aniqlanadi.
Suratlarda:
[gallery-28902]
Muhammad AMIN olgan (surat), O‘zA