Shu kunlarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida jahonning eng muhim va yirik sport musobaqasi Olimpiada o‘yinlari qizg‘in pallaga kirgan.

Qator sport turlari bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoalari vakillari medallar, sovrinli o‘rinlar uchun bahslarda ishtirok etayotgani barcha yurtdoshlarimiz qalbiga faxr, iftixor tuyg‘usini soladi.  

– Ayniqsa, og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda qizim Muattar ishtirok etayotganidan, yurtimiz sharafini himoya qilayotganidan quvonchimning chegarasi yo‘q, – deydi og‘ir atletika bo‘yicha “Tokio-2020” olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Muattar Nabiyevaning onasi Kimyoxon Ismonova. 

–Muattarning chiqishini butun oilamiz jam bo‘lib, televideniye orqali katta hayojon bilan kuzatdik. Muattar umumiy natijaga ko‘ra, to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, dast ko‘tarish bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etganining o‘zi juda katta yutuq.

Andijon viloyati Baliqchi tumanining chekka Guravon mahallasida tug‘ilib, oddiy oilada voyaga yetgan qishloq qizining yuzlab davlatlar vakillari qatnashayotgan musobaqada to‘rtinchi o‘rinni egallashi, olimpiada o‘yinlari tarixida dast ko‘tarish bo‘yicha o‘z vazn toifasida eng yuqori natijani ko‘rsatishi quvonarli, albatta.

Besh karra Osiyo, o‘n olti karra O‘zbekiston chempioni, 2017 yilda Osiyoning eng yaxshi sportchi qizi, deya e’tirof etilgan Muattar Nabiyeva 55 kilogramm vazn toifasida ikki mashq natijasiga ko‘ra, 212 kilogramm natija bilan (dast ko‘tarish 98 kg., siltab ko‘tarish 114 kg.) 4-o‘rinni egalladi.

Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abduraimov olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Muattar Nabiyevaning xonadonida bo‘lib, uning ota-onasi, Abdullajon va Kimyoxon, buvisi Maxpiratxon Ismonova hamda barcha yaqinlarini Muattarning yutug‘i bilan muborakbod etib, sovg‘a-salomlar topshirdi.  

– Yurtimiz tinch bo‘lsin, – deydi Muattarning buvisi Maxpiratxon ona Ismonova. – Nabiram singari olimpiada o‘yinlarida qatnashayotgan yurtimizning barcha sportchilariga omad yor bo‘lsin. Ularga yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish nasib etsin.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qizimning chiqishini katta hayajon bilan kuzatdim"