Qizamiq qanday kasallik, uning paydo bo‘lishiga nimalar sabab bo‘ladi, davo choralari qanday? Shu kabi savollar onalarning o‘rinli tashvishiga sabab bo‘lishi tabiiy. Quyida shu haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Qizamiq – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘llari, ko‘z shilliq pardalari, og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi va terida qizil, yirik dog‘li toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanishini alohida ta’kidlash joiz. Bemor yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari orqali havoga tushadi, keyin nafas yo‘llari orqali sog‘lom bolaning organizmiga o‘tishi bilan xavotirli.

Shu o‘rinda qizamiqqa odatda hamma kishilar beriluvchan bo‘lishini unutmaslik lozim.

Kasallikdan so‘ng immunitet qoladi. Kasallik 4-bosqichda kechib, yashirin davri esa 6-18 kundir. Unutmaslik kerakki, kasallik belgilari deyarli sezilmaydi. Prodromol davr inkubatsion davrdan keyin 3-4 kun davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, tana harorati ko‘tariladi, bemor quruq yo‘taladi, tumov bo‘ladi, ko‘zi qizarib, yoshlanadi, tovushi bo‘g‘ilib qoladi, yorug‘likka qaray olmaydi. Bu davrda lunj shilliq qavatida toshma toshishdan 2-3 kun oldin qizil mayda oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Toshma toshgandan keyin 1-2 kunda yo‘qolib ketadi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida enantema mayda qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Tabiiyki, bolaning darmoni qurib, injiq bo‘lib qoladi, uyqusi, ishtahasi yo‘qoladi, tez-tez ichi ketadi.

Katta yoshli bolalarda bu jarayon qanday kechishiga ham e’tibor qaratsak. Bosh og‘rig‘i, qusish, burun qonashi, qorin og‘rig‘i kuzatiladi. Toshma toshish davrida bemor qayta isitmalaydi, tomog‘i qizaradi. 4-6 kunga kelib o‘ziga xos qizil, yirik dog‘ toshmalar toshadi, bir necha soatdan so‘ng butun yuzga yoyiladi. Toshma ikkinchi kuni badanga, 3-kuni qo‘l-oyoqa tarqaladi. Qizamiqda teri nam bo‘lib, bir oz qichishadi. 3-4 kundan so‘ng sog‘ayish davri boshlanadi. Yuzdagi toshmalar qoraya boshlaydi va jigar rang dog‘larga aylanadi. Zotiljam (o‘pka yallig‘lanishi), tomoqning shishi, o‘rta quloqning yallig‘lanishi (otit), ichak kasalliklari kabi asoratlar qoladi. Kizamiq 2 yoshgacha bo‘lgan, shuningdek, boshqa yoshdagi nimjon bolalar uchun ayniqsa xavfli. Shu sababdan ularni qizamiqdan juda ehtiyot qilish kerak.

Yana shuni qayd etish lozimki, farzandlarimiz mazkur kasalliklarga qarshi emlansa, har qanday ko‘ngilsiz holatlar bartaraf etiladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi xizmati.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizamiq qanchalik xavfli?