Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Buxoro viloyati Qorovulbozor shahri 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasida (JIEKda) mahkumlarga tazyiqlar bo‘layotganligi, koloniyaning maxsus bo‘limi tomonidan mahkumlarning murojaatlari qabul qilinmayotganligi hamda Mirzohid ismli mahkum koloniya rahbarining birinchi o‘rinbosari tomonidan kaltaklanib, tishlari sindirilganligi haqida xabar joylashtirilgan edi.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Zebuniso Muhammedova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 17-sonli JIEKda Mirzohid ismli bir necha mahkum jazo muddatini o‘tayotganligi, ular orasida Farg‘ona viloyatidan faqat bir nafar mahkum Mirzohid Botirov borligi aniqlandi.

Ushbu mahkum sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi bilan aybli deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.U 2019 yilning 28 iyulidan buyon 17-sonli JIEKda jazo muddatini o‘tab kelmoqda. Hozir koloniyaning g‘isht ishlab chiqarish sexida ishlamoqda.

Ombudsmanning mintaqaviy vakili Z.Muhammedova mahkum M.Botirov bilan shaxsan uchrashib, suhbat o‘tkazganida, u xabarda yozilgan ma’lumotlarni tasdiqlamadi. Mahkum M.Botirovning so‘zlariga ko‘ra, koloniya xodimlari tomonidan unga nisbatan hech qanday tazyiq o‘tkazilmagan, hech kim tomonidan kaltaklanmagan va tishlariga ham zarar yetkazilmagan. Shuningdek, u koloniyada unga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘linayotganligini, zarur bo‘lganda tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan kerakli muolajalar qilinib, dori-darmonlar berilayotganligini hamda oylik maoshlarini o‘z vaqtida olayotganligini qayd etgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan mazkur xabar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida mahkumning tanasida va og‘iz bo‘shlig‘ida ham qiynoq alomatlari topilmadi.

Shuningdek, Ombudsmanning mintaqaviy vakili koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 5 nafar mahkum bilan ham yakkama-yakka tarzda suhbatlashdi. Suhbat jarayonida ular tomonidan ham ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan murojaatda qayd etilgan holatlar tasdiqlanmadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiynoqqa oid yana bir murojaat yolg‘on bo‘lib chiqdi