Qisqa xabarlar (+video)
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, Toshkentda chiptasiz yo‘lovchilarga qo‘llangan qariyb 2 milliard so‘mlik jarimalar hamda sportchilarimizning xalqaro maydondagi navbatdagi yutuqlari haqida batafsil ma’lumot bilan “Qisqa xabarlar” dasturi
Shveysariyaning Jeneva shahrida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va xalqaro Better Cotton tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Navoiy viloyatida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida Senat Kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil boshidan buyon Toshkent shahrida jamoat transportida chiptasiz harakatlangan 79 ming 618 nafar yo‘lovchiga ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Andijon viloyatining Marhamat tumanida davlat zaxirasidagi 24 sotix yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirib berishni va’da qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/h1VCL_Ankz4" title="31 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, O‘zA