Qisqa xabarlar (+video)
Yurtimiz hayotiga oid yangiliklar tafsiloti bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
-Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish va telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
- Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 6 kilogramm “gashish” moddasi aniqlandi.
- Moskva shahridagi "Rossiya" milliy markazida "Men professionalman" xalqaro talabalar olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
- AQSHning Sietl shahrida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ilk bor “O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasini tashkil etdi.
- Raqobat qo‘mitasi tomonidan internet va ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan “Umra” xizmatlariga oid reklamalar o‘rganilib, ayrim turoperatorlar tomonidan qonun talablari buzilgani aniqlandi.
- Butunjahon boks assotsiatsiyasi iyun oyi yakunlari bo‘yicha professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1Bgc1cuKO-o" title="Qisqa xabarlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimjon Mardonov, Oybek Davronov, Salimjon Obidjonov, O‘zA