Yurtimizda dehqonchilik va bog‘dorchilik mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish orqali ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona ho‘jaliklarida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni moddiy resurslar (xizmatlar) bilan uzluksiz ta’minlash, yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimi yaratilmoqda.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

– Mazkur qarorga ko‘ra, meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard so‘m byudjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratish belgilangan, – deydi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi viloyat bo‘limi boshlig‘i Sharofiddin Jumaqulov. – Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash hamda eksport qilish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2022 yilda yetishtirilayotgan mahsulotlarni xarid qilish maqsadida tegishli tartibda buyurtmalar berilmoqda. Jumladan, Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota va Xatirchi tumanlaridagi 8 ta meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan 5100 gektar maydonda sabzavot, poliz, moyli va dukkakli ekinlar yetishtirish uchun 12 milliard 915 million so‘mlik buyurtmalar berilgan.

Xatirchilik Faxriddin O‘rinov 20 yildan buyon “Orzu” fermer xo‘jaligida rahbarlik qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi. Yurtimizda bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlardan ruhlangan F.O‘rinov Ko‘ksaroy hududi dasht qismidan 20 gektar maydonni o‘zlashtirishga kirishdi.

[gallery-7245]

– Bu huddudda oqar suv muammosi mavjud. Shuning uchun bu yerda faqat tik quduq qazib, dehqonchilik qilish mumkin, – deydi fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Jaloliddin O‘rinov. – Ayni paytda 15 gektar maydonga 8 ming dona uzumning qora kishmish navini ekib parvarishlayapmiz. Ko‘chatlarni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan olib keldik. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan holda parvarishlanayotgan ko‘chatlarning 90 foizini ko‘kartirishga erishdik. Ko‘karmasdan qolgan nihollar o‘rniga yangidan ko‘chat o‘tqazib, ko‘kartirishga harakat qilyapmiz. Uzumchilikdan tashqari 4 gektar maydonda kartoshka va 1 gektar maydonga poliz ekinlari ekkanmiz. Ular ham tomchilatib sug‘orilmoqda. Hozircha ekinlarimizning rivoji yaxshi. Kartoshka gulga kirgan.

Respublika Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2022 yilda meva, sabzavot, kartoshka yetishtirish uchun tijorat banklariga imtiyozli kredit ajratish yuzasidan 495 ta fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 9 milliard 904,6 million so‘mlik talabnomalar berilgan. bugungi kunda “Agrobank” ATB tomonidan 185 ta fermer xo‘jaliklari va qishloq korxonalariga 3 milliard 795,6 million so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

– Viloyatdagi fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 7,9 ming gektar bog‘i mavjud bo‘lib, shundan hosilli bog‘lar 4,1 ming gektarni tashkil qiladi, – deydi Sh.Jumaqulov. – Joriy yilda rejalashtirilgan 508 gektarning 264 gektarida yangi bog‘lar barpo etildi. Uning 172,7 gektari foydalanishdan chiqqan yerlarda, 50 gektari lalmi va yaylov yerlarda va 41,3 gektari samarasiz buzilgan bog‘ va tokzorlar o‘rnida barpo etildi. Shuningdek, viloyat bo‘yicha 6,8 ming gektar maydonda tokzorlar mavjud bo‘lib, joriy yilda 6,5 ming gektar maydonda uzumzor barpo etish rejalashtirilgan.

Viloyatda joriy yilda bog‘-tok qator oralariga 3742 gektar maydonda savzavot yetishtirish belgilangan bo‘lib, shu kunga qadar 1778 gektarda sabzavot, 630 gektarda poliz mahsulotalari va 333 gektar maydonda kartoshka ekinlari ekilishi ta’minlandi.

Ushbu maydonlarda ekish uchun Respublika Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan 535,7 ming dona 310 million so‘mlik sabzavot ko‘chatlari va 280 kg oshqovoq urug‘lari yetkazib berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda 21 ta sub’ektga 685 gektar maydondagi bog‘zor va tokzorlar uchun 7 milliard 465 million so‘m, 2022 yilning 4 oyi mobaynida esa 3 ta sub’ektga 967 million so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratilgan.

Maqsad esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlagan holda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar qo‘llab-quvvatlanmoqda