Qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
Toshkent qishga shaymi? Shahar rasmiylari noqulay ob-havoga qarshi yuzlab texnika va brigadalarning tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.
Toshkent shahrida qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida keng qamrovli ko‘rik o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Obid Mo‘minov hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Muhiddinov ishtirok etdi.

Ko‘rikdan maqsad – qishning noqulay ob-havo sharoitida tezkor va samarali xizmat ko‘rsatishga texnikalarning to‘liq shayligini ta’minlash. Tadbirda 275 ta avariya-tiklash brigadasi, 700 dan ortiq transport vositasi va maxsus texnikalar namoyish etildi. Ularning sozligi, jihozlanishi va favqulodda vaziyatlarda uzluksiz ishlashga tayyorligi sinchiklab baholandi.

Toshkent shahrida qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan keng qamrovli ko‘rik, shaharning noqulay ob-havo sharoitida tezkor va samarali xizmat ko‘rsatish uchun texnik vositalar hamda kuchlarning to‘liq shayligini tasdiqladi.

Tadbir davomida mavjud uskunalarning sozligi baholanib, favqulodda vaziyatlarda uzluksiz ishlashga tayyorligi hamda xizmatga jalb etiladigan resurslarning taqsimoti nazorat o‘tkazilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Sanjar Toshpo‘latov, O‘zA