Qirg‘izistonda MXDQ rahbari yana almashtirildi
Qirg‘izistonda Maqsat Asanaliyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Uning nomzodi tasdiqlash va ushbu lavozimga tayinlash uchun parlamentga taqdim etildi.
Respublika Bosh prokurori lavozimida ishlagan Asanaliyev shu yil fevral oyi boshida ish boshlagan Jumgalbek Shabdanbekovning o‘rnini egalladi.
S.Rahimov, O‘zA