«Qirg‘iziston Respublikasining “Tashqi migratsiya to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish kiritish taklifi mamlakat jamoatchiligi muhokamasida.

Hujjatga ko‘ra, qonun loyihasi xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza olishini osonlashtirish maqsadida viza olishning alohida asosini yaratishga qaratilgan.

Mazkur qonun loyihasi bilan xorij fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza olish tartiblari osonlashtiriladi, viza muddati uzaytiriladi va mamlakat iqtisodiyotiga mablag‘ jalb qilishning bir necha varianti taqdim etiladi.

Hozirgacha bunday shaxslar uzoq muddatli viza olishi uchun Qirg‘iziston iqtisodiyotiga kamida 10 (o‘n) million som qiymatida investitsiya kiritishi lozim edi. Ushbu mablag‘ni jalb qilib bo‘lgandan keyin investordan investitsiyasini harakatga keltirish uchun davlatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi talab etilardi.

Bunday harakatlardan maqsad investorning ma’lum miqdordagi mablag‘ni mamlakat iqtisodiyotiga kiritgani haqida guvohlik beruvchi hujjatga ega bo‘lishdan iborat edi. Bunday tartib investor uchun juda murakkab va uzoq vaqtni talab qiladigan jarayon. Bundan tashqari, investor atigi 3 yilga viza olardi. Mazkur muddat investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli emas. Bu ham mamlakat iqtisodiyotiga kirib keladigan investitsiyalar uchun qo‘shimcha to‘siq bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.

Ilgari surilgan taklifga binoan, 10 million som kiritgan xorijlik kamida besh yilga viza olish huquqiga ega bo‘ladi, agar 20 million som kiritsa, viza muddati 10 yilga uzaytiriladi.  

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda iqtisodiyotga 10-20 million som investitsiya kiritgan xorijlik investorga 5 va 10 yilgacha viza berish taklifi ilgari surilmoqda