Qirg‘iziston hukumati iste’foga chiqdi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi.
“RBK” xabariga ko‘ra, bu haqda davlat rahbarining saytida ma’lum qilingan. “Davlat rahbari Qirg‘iz Respublikaasi hukumatini iste’foga chiqarilishini hisobga olgan holda mamlakat vazirlar mahkamasini yangidan shakllantirishga qaror qiladi”, deyiladi sayt ma’lumotida.
Vazirlar mahkamasi rahbari etib 2021 yil 3 fevraldan bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgan Ulukbek Maripov tayinlandi.
Ma’lumot uchun, bunga qadar u Qirg‘iziston Hisob palatasini boshqargan.