Qilichbozlik: 23 ta davlat vakillari Toshkentda Jahon kubogi bosqichida qatnashmoqda
Poytaxtimizdagi «Yoshlik» sport arenasida 23 ta mamlakatning 350 nafardan ziyod sportchilari ishtirokida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 11-oktabr kuni nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy yo‘nalishda sovrinli o‘rinlar uchun bahslar bo‘lib o‘tadi.
Jahon kubogi bosqichining kecha o‘tkazilgan yakkalik musobaqalarida sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shiddatli kechgan janglarda terma jamoamiz a’zosi Alpamis O‘rakbayev yoshlar o‘rtasida xalqaro turnirning oltin medaliga egalik qilgan bo‘lsa, mahoratli qilichbozimiz Muhammadali Tursinboyev o‘smirlar bahsida kumush medal sohibiga aylandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA