Qilichbozlarimiz Osiyo kubogi g‘olibi
Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Shahzoda Abdullajonova oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Malika Xojibekova kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Karina Qurbonova hamda Salima Ro‘ziyeva terma jamoamizga bronza medalini keltirdi.
Mazkur musobaqada shpagachi yigitlarimiz ham faxrli o‘rinlarni egalladi. Jumladan,Vadim Bagautdinov va Asilbek Ibodullayev bronza medali bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA