Qilichbozimiz jahon kubogi shohsupasida
Turkiyaning Antaliya shahrida qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida navbatdagi jahon kubogi bosqichi o‘tkazildi. Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 138 nafar sportchi qatnashdi.
Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Herrera Lara Luisa Fernanda musobaqaning
yarim finaliga qadar yetib keldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA