Qatar milliy muzeyidan maxsus videoreportaj (+video)
O‘zbekiston va Qatar munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
Doha dizayn biyennalesida yurtimiz hunarmandchiligi merosiga bag‘ishlangan milliy ko‘rgazmaning namoyish etilishi ayni fikrlarimizni tasdiqlaydi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” nomli loyiha bilan ishtirok etadi.
Xalqaro anjumanning ochilishi oldidan ommaviy axborot vositalari uchun mamlakatning madaniy, ma’rifiy ob’ektlariga, jumladan Qatar milliy kutubxonasiga sayohat tashkil etildi.
Batafsil videoreportajda…
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ff_iSsxd9g8" title="Qatar milliy muzeyiga press-tur: O’tmish – Hozir – Kelajak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>B.Xudoyberdiyev, Yo.Meliboyev (video), O‘zA