Qashqadaryoda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshiriladi
Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.
Qarshi shahrining aylanma yo‘li 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Mas’ullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi.
“Qarshi – Pomuq” va “G‘uzor – Beynau” yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida poyezd o‘tayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard so‘m bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich quriladi.
O‘zA