Qarzdor korxonadan bank foydasiga 422 million söm undirildi
Majburiy ijro byurosi Farğona viloyati boşqarmasining Alohida muhim ijro işlarini ijro etiş bölimi tomonidan banklar foydasiga qaratilgan sud hujjatlari ijrosini taʼminlaş borasida amaliy işlar olib borilmoqda.
Xususan, Farğona tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan, xususiy korxonadan ATB «Hamkorbank» foydasiga 422 million söm kredit qarzdorligini undiriş belgilangan.
Mazkur ijro hujjati böyiça byuro xodimlari tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda zarur majburiy ijro harakatlari amalga oşirildi. Natijada qarzdorlikning töliq undirilişiga erişilib, mablağlar bankning hisob raqamiga ötkazib berildi.
Şu tariqa, sud qarori ijrosi taʼminlanib, bankning kredit mablağlarini qaytariş bilan boğliq talabi qanoatlantirildi.
Taʼkidlaş joizki, bunday ijro harakatlari bank-moliya muassasalarining qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, kredit mablağlarining qaytarilişini taʼminlaş hamda sud hujjatlari ijrosi samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA