Qarisi bor uyning – parisi bor
Xonadoningizda keksa kishi boʻlgani u Sizning baxtingiz, omadingiz.
OʻzA arxividan maxsus fotoreportaj
Xonadoningizda keksa kishi boʻlgani u Sizning baxtingiz, omadingiz. Oilangiz farishtasi u! Koʻcha kuyda ularni koʻrib qolsangiz, koʻnglingiz yorishib ketadi. Salomingizga qiroat bilan alik olganda, osmonda uchasiz. Sizni alqaganda “ilohim shu yoshga yetayin” deya shukrona keltirasiz!
Bugungi tahlikali kunlarda ularni yolgʻizlatib qoʻymang! Duosini oling! Ular bugun Siz bilan bizning tayanchimizga muhtoj! Uyda qoling!