Qahramonlar va yoshlar uchrashuvi
Toshkent shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida O‘zbekiston Qahramonlari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Faol yoshlar, fan, madaniyat, san’at arboblari, yozuvchi va shoirlar ishtirok etgan uchrashuvda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashda turli sohalarda yetuk bilimga ega bo‘lgan ustoz-murabbiylar, soha vakillari e’tirof va e’zozda ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar O‘zbekiston Qahramonlari bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Uchrashuv qizg‘in suhbat, kuy-qo‘shiq hamda badiiy chiqishlarga boy bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA