Qadri baland, qaddi yuksak - ona tilim!
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat majmuasida 21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bayrami - el bayrami, ijod bayrami” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tuman hokimligi, Namangan davlat chet tillari instituti, ijod maktabi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligidagi tadbirda o‘zbek adabiyoti fidoyilari Muhammad Ali Ahmedov, Hulkaroy Hamroyeva, Ziyoviddin Mansurov, adabiyotshunoslar, soha vakillari va yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-19919]
Tadbirda dastavval atoqli ma’rifatparvar, o‘ndan ortiq tilni bilgan, oltita tilli lug‘at yaratib, o‘zbek tilining umrboqiyligiga beqiyos hissa qo‘shgan Ishoqxon to‘ra Ibrat haqida so‘z yuritildi. Uning hayoti va faoliyati yoshlarga katta maktab sifatida xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbirda qadri baland, qaddi yuksak o‘zbek tilini ulug‘lovchi badiiy dastur namoyish etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA