Qadimiy meros va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Karmana tumani Madaniyat markazida “Karmana — o‘tmishda qadim, buguni farovon, kelajagi nurli diyor” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan professor-olimlar, tarixchilar, adiblar, jurnalist va publitsistlar, filolog hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
[gallery-29677]
Anjuman davomida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar Karmananing boy va qadimiy tarixi, yurtimiz taraqqiyotidagi o‘rni, betakror madaniy merosi haqida atroflicha fikr bildirdi. Ta’kidlanganidek, Karmana o‘zining qadimiy tarixi, tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolari bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tarixchilar tomonidan hududdagi qadimiy maskanlar, muqaddas ziyoratgohlar va tarixiy obidalar yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot berildi. Aytilganidek, o‘rta asrlarda Karmana viloyat sifatida tilga olingan bo‘lib, uning hududi Dobussiya qal’asidan G‘ijduvon chegaralarigacha cho‘zilgani tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Anjuman ishtirokchilari tomonidan Karmana nafaqat boy tarix, balki bugungi bunyodkorlik ishlari va kelajak taraqqiyotini o‘zida mujassam etgan muqaddas diyor ekani alohida ta’kidlandi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA