Professional boks: Rossiya sportchilari “eshiklar ortida”
Jahon Professional boksi rahbarlari Fransisko Valkarsel (WBO), Deril Pipls (IBF), Maurisio Sulaymon (WBC) va Gilberto Mendoza (WBA) Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha dunyodagi professional boks jamoalariga, bokschilarga, promuoterlik klublariga murojaat yo‘lladi.
Murojaatda ta’kidlanishicha, Ukrainadagi harbiy xarakt to‘xtamaguncha, siyosiy vaziyat barqarorlashmaguncha, professional boks bo‘yicha Rossiyada o‘tkaziladigan hech bir musobaqa inobatga olinmaydi. Nafaqat chempionlik kamari yoki qit’aviy (kontinental) g‘oliblik uchun kechadigan, balki oddiy reyting turnirlari natijasi ham nolga tengashtiriladi.
Buning ustiga bir qator yo‘nalishlarda kuchli 15 talik reytingda yetakchi bo‘lgan rossiyalik sportchilar ro‘yxatdan olib tashlanmoqda. Kuni kecha Fransisko Valkarsel yuqori 15 talikda qayd etilgan barcha Rossiya bokschilari WBO “eshiklari ortida” ekanini ta’kidladi.
“World Boxing” tarqatgan xabarda keltirilishicha, bu jarayon mintaqada vaziyat barqarorlashguncha davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA