Professional boks: Bektemir AQSHda jang o‘tkazadi
Bugun, 30 yanvar kuni erta tongda jahon professional boks olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rish uchun AQSHga yo‘l oldi.
Ma’lumki, o‘tgan yilning 19 iyunida Meliqo‘ziyev AQSHdagi boks oqshomida kutilmaganda amerikalik Gabriel Rosadoga yutqazib qo‘ygandi.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, iste’dodli bokschimizning navbatdagi jangi joriy yil mart-aprel oylarida tashkil etilishi kutilmoqda.
Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini Toshkentdagi boks kechasida rossiyalik Sergey Yekimovga qarshi o‘tkazgan edi. O‘shanda u raqibini ochkolar hisobida mag‘lub etgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA