Mamlakatimizda yer munosabatlari hamda mulk huquqi daxlsizligi va uni ishonchli himoya qilish, yer maydonlarini asrab-avaylash borasida bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatining barcha hududlarida aholiga sifatli kadastr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumaladan, Chortoq tumani markazida davlatimiz rahbari huzurida o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqqa asosan ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi uchun yangi qurib bitkazilgan bino foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Respublika Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat kadastrlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inomov, Chortoq tumani hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan izchil siyosat natijasida yurtimizdagi ijobiy o‘zgarishlar, xususan kadastr tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi haqida to‘xtaldi.  

Qayd etish kerakki, moslashtirilgan, keyinchalik turli tashkilotlarning binosida ijarada turib ishlagan kadastrchilar endilikda barcha qulayliklarga ega zamonaviy binoda ish boshladi. 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga qad rostlagan ikki qavatli muhtasham binodagi yorug‘ va shinam ofislar mebel hamda boshqa zaruriy jihozlar bilan ta’minlandi. Idoradagi arxiv, ma’naviyat va fuqarolarni qabul qilish xonalari nafaqat xodimlarga, balki kadastr xizmatlaridan foydalanuvchi hamyurtlarimizga ham bir qator qulayliklarni beradi.

– Salkam 50 yil o‘tmishga nazar tashlasam, kadastr tizimi ishchi-xodimlari eskirgan, pastqam, qorong‘u binolarda og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur bo‘lgan, – deydi 83 yoshli mehnat faxriysi Xolmirza Fozilov. – Poldan yurganda oyoqlarimiz qoqilib tushganlarini eslayman. Ular yaqin-yaqingacha ijarama-ijara boshqa tashkilotlar idorasiga xizmat ko‘rsatgan. Mana endi, respublikamiz Hukumatining e’tibori tufayli aholiga kadastr xizmati sifat jihatidan ancha o‘zgardi.  

Viloyatda mana shunday zamonaviy kadastr xizmati binolari boshqa tumanlarda ham bosqichma-bosqich barpo etilishi rejalashtirilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: Namanganda yana bir yangi kadastr binosi ish boshladi